AQShning Buzzfeed sayti Fast Company jurnalining 16-fevral, seshanba kuni e’lon qilingan innovatsion kompaniyalar reytingini boshqardi. Nashrning ta’kidlashicha, Buzzfeed “butun dunyoda media haqidagi tasavvurlarni butkul o‘zgartirib yuborganligi uchun” ro‘yxatda birinchi o‘rinni egallagan. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Hozirda Buzzfeed auditoriyasi faqat AQShning o‘zida oyiga 80 million foydalanuvchidan iborat bo‘lib, kompaniya 1,2 milliard dollar baholanmoqda. Bir necha tillarda, jumladan, fransuz, ispan, nemis, portugal, yapon va rus tillarida chiqadi, dunyoning 11 mamlakati uchun alohida saytlar ochgan.
Fast Company reytingiga boshqa media va texnologik kompaniyalar —Facebook, Amazon, Uber, Netflix, Apple va Alphabet ham kirdi. 2014 yili ro‘yxatdan Alibaba, Instagram, IndiGo, Virgin America va Slack o‘rin olgandi.
Izoh (0)