Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Yaroslavlda gaz portlashi oqibatida turar-joy binosining qulab ketishi natijasida halok bo‘lganlar soni yetti nafarga yetdi. Bu haqda Rossiya FVV hududiy markazi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.

Foto: “RBK”

Foto: “RBK”

“Vayronalar ostidan yana bir ayol kishining jasadi chiqarib olindi. Jami qurbonlarning soni yetti kishiga yetdi”, — deyiladi xabarda.

Ma’lum qilinishicha, halok bo‘lganlar orasida ikki nafar bola ham bor.

Ushbu ma’lumotlar hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq gaz uskunasidagi nosozlik tufayli kelib chiqqani taxmin qilinayotgan portlash oqibatida podyezd qulab, binoning bir qismi vayron bo‘lganligi va buning oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lganligi haqida ma’lum qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Turkmaniston O‘zbekistonga tekinga gaz yetkazib beradi 
Mahalliy
Toshkentda ko‘prik ustidagi “Gazel” yonib ketdi (video)
Biznes
Rossiyadan Osiyoga ko‘mir eksporti narxi oshgani ma’lum qilindi