Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentda o‘tkazilgan brifingda jurnalistlarga shaharda litsenziyalanmagan avtotashuvlar yuzasidan choralar ko‘rish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida axborot berildi, deb yozadi “Norma.uz”.

Foto: “Kun.uz”

Foto: “Kun.uz”

Ayni paytda avtotransport vositalari egalari tegishli litsenziyaga ega bo‘lmagan va yo‘lovchilarni tashish qoidalariga rioya qilmagan holda yuk va yo‘lovchilarni tashishi oldini olish uchun qo‘shma reydlar amalga oshirilmoqda.

1-yanvardan 10-fevralga qadar bunday reydlardan 310 tasi o‘tkazilgan. 9200 ta avtoulovlar tekshirilib, 1850 ta kamchilik topilgan. Qonunbuzarliklarning ko‘pchiligi yo‘lovchi tashish bilan bog‘liq bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 15-fevral, dushanba kunidan e’tiboran Toshkentda litsenziyasiz taksichilar faoliyatiga chek qo‘yish maqsadida ichki ishlar boshqarmasi, yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, Davlat soliq qo‘mitasi va “Toshshahartransxizmat” xodimlaridan iborat 47 ta guruh ish boshlashi xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda Urug‘chilik hamda pistachilik ilmiy markazlari tashkil etiladi
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Maslahatlar
Shirinliklar o‘rniga nima iste’mol qilish mumkin? Qaddi-qomatga zararsiz tavsiyalar