2016-yilning 15-fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Italiya Respublikasining Favqulodda va Muxtor Elchisi Rikkardo Manara bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar beradi.
Muloqot chog‘ida ikki tomon aloqalariga oid amaliy masalalar muhokama qilindi.