Angola poytaxti Luandada 2015-yil dekabr oyida avj ola boshlagan sariq isitma (amarillez) oqibatida qurbon bo‘lganlar soni kamida 51 kishiga yetdi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, hozirgi kunga kelib, bezgak bilan kasallanganlar soni 240 kishini tashkil etadi. Rejadagi 1,6 million aholidan 450 ming kishi emlash olgan.
Shifokorlarning ta’kidlashicha, poytaxt va shaharlardagi sanitar ahvolning yomonlashuvi kasallikni tarqatuvchi chivinlarning ko‘payishiga va buning oqibatida bezgakning avj olishiga sabab bo‘lgan.
Luanda rasmiylari budjet tanqisligini yengib o‘tish maqsadida chiqindilarni yig‘ishga mo‘ljallangan harajatlarni qisqartirgan. Natijada poytaxt atrofida chiqindi to‘planib qolib, ilk isitma bilan kasallanish holati shu yerda qayd etilgan.
Sariq isitma o‘tkir virusli kasallik bo‘lib, chivinlar orqali tarqaladi. Isitma yuqori o‘lim ko‘rsatkichiga ega bo‘lgan xavfli infeksiyalardan biri hisoblanadi
Izoh (0)