Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ferrari’ning noyob modeli Parijdagi kimoshdi savdosida 32 million yevroga sotildi. Agar aynan ushbu valyutada hisoblansa, u dunyodagi eng qimmatbaho avtomobildir. Bu haqda Sky News ma’lumotiga tayanib, “Interfaks” xabar beradi.

Foto: Reuters

Foto: Reuters

1957-yilda ishlab chiqarilgan ushbu avtomashinani AQShlik nomi oshkor etilmagan xaridor sotib oldi. 335 Spider Scaglietti modeli hammasi bo‘lib to‘rt nusxada chiqarilgan edi.

Ushbu mashinani boshqargan britaniyalik afsonaviy Stirling Moss 1958-yilda “Formula-1” Gran-prisining Kubadagi bosqichida g‘alaba qozongan edi.

Kimoshdi savdosida avtosportdagi eng afsonaviy mashina uchun boshlang‘ich qiymat 20 million yevro etib belgilandi. U 1970-yilda fransuz poygachisi va kolleksiyachisi Pyer Bardinon tomonidan sotib olingan bo‘lib, shundan buyon oilaviy garajda saqlanib kelingandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda ko‘chmas mulk, avtomototransportni boshqa shaxsga o‘tkazishda davlat boji miqdorlari kamaytirildi
Mahalliy
Elektr va gazdan shikoyat qilgan fuqarolarni qamoq bilan “ogohlantirgan” deputat o‘z xohishiga ko‘ra ariza yozdi
Mahalliy
O‘zbekistonning katta qismida hafta oxiriga borib anomal sovuq bo‘lishi kutilmoqda