Sandallar (yarim yopiq shippak)ni paypoq bilan kiyib yurish uslubiga tegishli bo‘lgan eng davomli taqiq dunyo dizaynerlari tomonidan bekor qilindi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar qilmoqda.
Bir-biriga mos tushmaydi, deb hisoblanadigan mazkur trendni dunyo dizaynerlari o‘zining 2016-yilning bahor va yozgi to‘plamlarida qo‘llab-quvvatladi.
Versace, Bottega Veneta va Margaret Howell moda uyi vakillari sandallarni paypoq bilan kiyishga qaror qildi.
Ta’kidlash joizki, erkaklarning shu uslubda kiynishi tanqid ostida edi. Bu, ayniqsa, ayollarni asabiylashtirsa-da, ko‘pgina erkaklar bu odatdan voz kecha olmagan.
Izoh (0)