Italiyaning “Sampdoriya” futbol klubi himoyachisi Jamel Mesba avtomashinani mast holatda boshqarganligi uchun Genuya politsiyasi tomonidan hibsga olindi. Bu haqda Football Italia nashri bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, politsiya 31 yoshli jazoirlik futbolchining avtomashinasini to‘xtatishga harakat qilsa-da, u talabga bo‘ysunmasdan, politsiyachilardan qocha boshlagan. Keyinchalik futbolchi qo‘lga olinganda, u avtomashinani mast holatda boshqarayotganligi aniqlandi. Himoyachiga nisbatan qanday chora ko‘rilishi noma’lum.
Mesba “Sampdoriya”da 2014-yildan buyon o‘ynay boshlagan. Joriy mavsumdagi turli musobaqalarda himoyachi mazkur klub tarkibida 8 ta uchrashuvda o‘ynadi. Futbolchi Jazoir terma jamoasi tarkibida ham 31 ta uchrashuvda maydonga tushgan.
Izoh (0)