27 yoshli Rafael Shumaxer spektakl chog‘ida sahnada o‘zini osib qo‘ygandan so‘ng, shifoxonaga yetkazildi. Bu haqda Tjournal xabar beradi.
Teatro Lux teatrida namoyish etiladigan sahna asarida u omma oldida o‘zini o‘ldiradigan qahramonning rolini ijro etishi kerak edi. Shifokor bo‘lgan tomoshabinlardan biri uning talvasasi haqiqiy ekanligini payqab qolgan va aktyorning hayoti saqlab qolingan.
Hodisadan so‘ng aniqlanishicha, rekvizitlar teatr rahbariyati ruxsatisiz almashtirilgan, soxta arqon esa haqiqiy bo‘lgan. Ssenariy bo‘yicha dastlab qahramon o‘zini otishi kerak edi, biroq Shumaxer arqon bilan bog‘liq g‘oyani taklif qilgan.
Politsiya murojaat qilgan aktyorning onasi bu rejalashtirilgan o‘z joniga qasd qilish bo‘lishi mumkinligi haqidagi fikrni rad etgan. Uning fikricha, o‘g‘lining o‘z joniga qasd qilishiga hech qanday asos bo‘lmagan.
Izoh (0)