Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonda 3-fevral kuni yog‘ingarchilik kutilmayapti. Bu haqda “O‘zgidromet” markazi xabar berdi.

Toshkent panoramasi. Foto: Guidecity / Wikipedia

Toshkent panoramasi. Foto: Guidecity / Wikipedia

3-fevralga o‘tar kechasi havo harorati tog‘li hududlarda -8 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida -3 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida -2 darajagacha sovuq bo‘ladi.

Qolgan hududlarda kechasi havo harorati 0 darajadan tushmasligi taxmin qilinmoqda. Xususan, Toshkent shahrida 0...+2 daraja, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida esa 0...+5 daraja iliq bo‘ladi.

3-fevral kuni kunduzi tog‘li hududlarda +3 darajagacha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida +10 darajagacha, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlari va Toshkent shahrida +13 darajagacha, Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida esa +15 darajagacha iliq bo‘ladi.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi bor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Dunyo Rossiyaning Xitoy tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan taktikasiga aldanmasligi kerak”. AQSH Davlat departamenti Si Szinpinning Moskvaga tashrifiga munosabat
Mahalliy
Jizzaxda YPX xodimlari formasida vayn ishlagan ikki erkak javobgarlikka tortilgani noqonuniy deb topildi
Mahalliy
Doshqozonlardagi sumalak, 40 qozondagi osh, tandirdan uzilgan ko‘k somsa: Farg‘onadagi Navro‘z tantanalari — suratlarda