Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

AQShning Pensilvaniya shtati, Panksatoni shahridagi Fil laqabli sug‘ur bu yil bahor faslining erta kelishini bashorat qildi. Bu haqda Meduza xabar qilmoqda.

Foto: “Velikaya Epoxa”

Foto: “Velikaya Epoxa”

Qish mavsumining davom etish muddatiga aniqlik kiritish maqsadida har yilda tashkil etiladigan marosimda, sug‘ur uyasidan chiqib kelib, o‘zining soyasini ko‘rmadi. Aks holda, Filning bashoratidan kelib chiqib, qish yana olti hafta davom etishi kerak edi.

Sug‘urning xatti-harakatiga qarab ob-havoni 2-fevral kuni bashorat qilish an’anasi Panksatoni shahrida 130 yildan beri mavjud. Bosh rolni taniqli aktyor Bill Myurrey ijro etgan “Sug‘ur kuni” filmining sharofati bilan bu an’ana butun jahonga mashhur bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, 2-fevraldan e’tiboran Buyuk Britaniyaning Sky telekanali shu kuni AQSh va Kanadada nishonlanadigan sug‘ur kuni bayramiga bag‘ishlangan maxsus efiri haqida xabar qilingan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda