Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Saudiya Arabistoni rasmiylari o‘tgan yil avgustida Abxa shahrida sodir etilgan portlash tashkilotchilarini qo‘lga olishda yordam berganlik uchun 5 million riyol (1,33 million dollar) to‘lashga tayyor. Shuningdek, mamlakat hududida amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan terakt haqidagi ma’lumot uchun 7 million riyol (1,85 million dollar) beriladi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.

Foto: EPA

Foto: EPA

Mamlakat ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, Asir viloyati ma’muriy markazi Abxadagi portlashlar ortida turgan terrorchi guruhga mansub to‘qqiz kishi aniqlangan.

2015-yil avgustida Saudiya Arabistoni maxsus bo‘linmasi bazasi qoshidagi masjidda terrorchi-xudkush o‘zini portlatib yuborgan, buning oqibatida bo‘linmaning 17 nafar xodimi halok bo‘lgan, o‘nlab kishilar jarohat olgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
S7 Airlines aviakompaniyasi Irkutskdan Farg‘onaga parvozlarni tiklamoqda
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi
Salomatlik
Yashirin kasallik: demensiya haqida nimalarni bilish zarur?