Saraton xastaligi oqibatida vafot etgan britaniyalik musiqachi Devid Boui rafiqasi va ikki farzandiga 100 million dollar qoldirgan. Bu haqda New York Daily News nashri ma’lumotiga tayanib, “Vesti.ru” xabar beradi.
Bu uning vasiyatidan ma’lum bo‘lgan. Yana ikki million dollarni artist uzoq yillar davomida uning do‘sti va shaxsiy yordamchisi bo‘lgan Korin Shvabga ajratgan. O‘g‘lining enagasi bo‘lgan shveysariyalik boshqa do‘sti – Maryon Skenega ham million qoldirgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Boui o‘zining oxirgi istagida xokining buddistlar taomiliga ko‘ra, Balida sochib yuborilishini xohlashini bildirgan.
Bouining o‘limidan so‘ng, AQShda uning qo‘shiqlari va albomlarining sotuvi besh ming foizga oshgan.
Izoh (0)