Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Suriya shimolidagi Aleppo shahrida yuz bergan terakt oqibatida kamida 23 kishi qurbon bo‘ldi, o‘nlab kishilar yaralandi. Bu haqda Reuters bergan ma’lumotlarga asosan “Yevropeyskaya pravda” xabar qilmoqda.

Foto: “Politeka”

Foto: “Politeka”

Ma’lum qilinishicha, xudkush terrorchi “Ahror ash-Shom” guruhiga tegishli bo‘lgan nazorat punktida yoqilg‘i tashuvchi yuk mashinasini portlatib yuborgan.

Portlash oqibatida guruhning to‘rt nafar qo‘mondoni va to‘rt nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgani xabar qilinmoqda.

Bundan tashqari, portlash yon-atrofdagi uchta binoni vayron qilib, o‘nlab odamlar vayronalar ostida qolib ketgan.

“Ahror ash-Shom” vakillari hozircha hodisaga sharh bermadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi