Checheniston rahbari Ramzan Qodirov akademik unvonini Chechenistonda tinchlikni tiklaganligi uchun olganligini tushuntirdi. Bu haqda u Instagram’dagi sahifasida ma’lum qildi.
“O‘n yil avval, bosh vazirning birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan vaqtimda, jamoat tashkiloti hisoblangan Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasi menga ‘faxriy akademik’ unvonini berishga qaror qilganligi haqida ma’lum qilishdi. Men bir necha oy ushbu unvon va diplomni olishga rozi bo‘lmadim. Biroq yaqin do‘stlarim uni rad qilish odobdan bo‘lmasligini ma’lum qilib, meni ko‘ndirgan edi”, — deb yozdi Qodirov.
Checheniston rahbari unvon unga respublikada tinchlik va barqarorlikni tiklashdagi muvaffaqiyatlari, “Checheniston fuqarolari va harbiy xizmatchilari hayotini qutqarish bo‘yicha har kuni amalga oshirilgan mehnatlari” uchun berilganligi hamda “Rossiya Tabiiy fanlar akademiyasi hech qachon unvonning ilmiy mehnatlar uchun berilganligini qayd etmaganligini” ta’kidlab o‘tdi.
14-yanvar kuni Krasnoyarsk shahar kengashi deputati Konstantin Senchenko Facebook’dagi sahifasida uch sinf ta’lim olgan Qodirov Rossiyaning eng aqlli kishilariga berilgan akademik unvonini olib, ushbu unvonni obro‘sizlantirayotganligi haqida yozgan edi. Keyinroq, Checheniston vakillari bilan suhbatdan so‘ng, u respublika rahbaridan kechirim so‘ragan.
Izoh (0)