Yaponiya tashqi ishlar vaziri Fumio Kisida matbuot anjumanida Yaponiya Eronga qarshi sanksiyalarni bekor qilish haqida qaror qabul qilganligini ma’lum qildi. Bu haqda Kyodo agentligi ma’lumotiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar beradi.
Sanksiyalar olib tashlangandan so‘ng, Yaponiya TIV rahbarining 2015-yilning oktabrida Eronga tashrifi davomida investitsiyalar yuzasidan erishilgan kelishuvni imzolash mumkin bo‘ladi.
Ikkala mamlakatning banklari filiallarini ochish va valyuta ayirboshlash bo‘yicha shartnomalar tuzish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Yaponiya Yaqin Sharqdagi eng boy neft koni hisoblangan Azadegandagi konni o‘zlashtirishdagi o‘z pozitsiyasini qayta tiklashga harakat qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)