Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaning Rostov viloyatida cho‘chqa grippi bilan kasallangan odamlar soni 185 kishiga, ushbu kasallikdan vafot etganlar esa olti kishiga yetdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Foto: “RIA Novosti”

Vafot etganlar orasida kamida bir nafar yosh bola bor. Qizaloq shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan. Ba’zi OAVlar xabariga ko‘ra, uning o‘limi o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilmagani oqibatida yuz bergan. Hozirda Rossiya Tergov qo‘mitasining viloyat Tergov boshqarmasi “Ehtiyotsizlik oqibatida o‘limga sabab bo‘lish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishini qo‘zg‘atgan.

Rostov viloyatida grippning og‘irlashib ketishi natijasida zotiljam paydo bo‘lgan 852 kishi qayd etilgan. Ulardan 720 kishi statsionarga yotqizildi, 35 kishi intensiv terapiyada palatalarida davolanmoqda. Statsionarda 94 nafar bola bor, yana bir bola jonlantirish bo‘limida bo‘lib turibdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda