2016-yil 19-yanvarda Yamanga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Bu haqda “Uff.uz” xabar qilmoqda.
“Men qila olishim mumkin bo‘lgan yagona narsa ― bu Iroqdan uchralgan mag‘lubiyatdan keyin yigitlarning kayfiyatini ko‘tarish. Shu bilan birga biz ham futbol o‘ynay olishimizni namoyish etish”, ― dedi Babayan.
Bosh murabbiyning ta’kidlashicha, terma jamoasi avvalgi ikki o‘yinni kuchli raqiblarga boy bersa-da, uchinchi o‘yinda jamoa avvalgilardan yaxshiroq o‘ynay olishini ko‘rsatmoqchi.
Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Iroqqa mag‘lub bo‘lganidan keyin Rio—2016 Olimpiadasi yo‘llanmasi uchun kurashni to‘xtatgan edi.
Izoh (0)