Istanbul sudi o‘tgan hafta shahar markazida sodir etilgan teraktga aloqadorlikda gumon qilinayotgan o‘n kishini hibsga olish haqida sanksiya berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar beradi.
12-yanvar kuni Istanbulning markazidagi Sultonahmet maydonida kuchli portlash yuz bergan edi. Natijada germaniyalik o‘n nafar sayyoh halok bo‘lgan, 15 kishi yaralangan edi. Turkiya prezidenti Toyyib Erdo‘g‘on portlash suriyalik xudkush terrorchi tomonidan sodir etilganligini ma’lum qilgan edi.
Hibsga olinganlarga nisbatan “terrorchilik tashkilotiga a’zo bo‘lish” va “qasddan odam o‘ldirish” jinoyatlari bo‘yicha ayblov qo‘yilmoqda. Prokuratura teraktga aloqadorlikda gumon qilinib avvalroq qo‘lga olingan 16 nafar Suriya fuqarosini hibsga olishni talab qildi. Biroq sud ulardan olti nafarini mamlakatni tark etmaslik haqidagi tilxat bilan ozod qilishga qaror qildi.
Izoh (0)