Fransiya politsiyasi Renault’ning bir nechta zavodlarida tintuv o‘tkazdi. Bu haqda CGT avtokonserni xodimlarining kasaba uyushmasi vakillari ma’lumotiga tayanib, Meduza xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, tintuvlar dvigatellarni nazorat qilish bilan bog‘liq bo‘linmalarda o‘tkazildi va bu Volkswagen’ning zararli chiqindi haqidagi ma’lumotlarni soxtalashtirish bilan bog‘liq mojaroga aloqadorlikka ishora qiladi.
Renault rahbariyati tintuv o‘tkazilganligini tasdiqlab, tergovga har qanday yordam ko‘rsatishga tayyor ekanligini ma’lum qildi.
Shuningdek, Renault dvigatellarning zararli chiqindi chiqarishi haqidagi ma’lumotlarni soxtalashtirish bilan shug‘ullanmasligini alohida ta’kidladi. Fransuz politsiyasi bo‘lib o‘tgan voqealarga rasmiy izoh berishdan bosh tortdi. Ta’kidlanishicha, avtokonsern zavodlarida bo‘lib o‘tgan tintuv haqidagi xabarlardan keyin Renault aksiyalarining Yevropa birjalaridagi narxi 20 foizga tushib ketdi.
Izoh (0)