Turkiya janubi-sharqida portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobilning portlab ketishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, 39 kishi yaralandi. Bu haqda mahalliy hukumat ma’lumotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar beradi.
Turkiyaning janubi-sharqida joylashgan Diyorbakir viloyatida 13-yanvar, chorshanba kuni mahalliy vaqt bo‘yicha 23:30 da portlovchi moddalar bilan to‘ldirilgan avtomobil politsiya bo‘linmasi yonida portlab ketdi. Mahalliy OAVning ma’lum qilishicha, portlovchi qurilma politsiya binosining kirish qismida ishga tushgan.
Portlash oqibatida politsiya bo‘limi yaqinida joylashgan mahalliy aholining uylariga ham zarar yetgan.
Hozircha hech bir guruh portlash uchun javobgarlikni zimmasiga olmadi. Turkiya hukumati hujumda Kurdiston ishchi partiyasi jangarilarini ayblamoqda.
Izoh (0)