Malayziyaning “Boing—777” samolyoti Donbassda qulashi natijasida halok bo‘lganlarning qarindoshlari Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryuttega murojaat qilib, samolyot halokatiga sabab bo‘lgan raketa kim tomonidan uchirilganini aniqlashga yordam beruvchi radiolokatsiya tasvirlarini chop qilish bo‘yicha xalqaro kampaniyani ishga tushirishni so‘radi. Bu haqda AFP’ga tayanib, “Segodnya.ua” xabar bermoqda.
Murojaatda aytilishicha, na Ukraina, na Rossiya hukumati tergovchilarga birlamchi radiolokatsiya ma’lumotlarini taqdim etmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bellingcat tadqiqot jamoasi Niderlandiyaga, go‘yoki, Donetsk yaqinida Malayziyaning “Boing”i qulashiga aloqador rossiyalik harbiylar ism-shariflari ko‘rsatilgan ma’ruzani topshirgan edi.
Izoh (0)