Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatni iqtisodiyotdagi vaziyatning rivojini kuzatishga va uning har qanday rivojiga tayyor turishga chaqirdi. Bu haqda “Vedomosti” xabar beradi.
“Biz vaziyatning har qanday rivojiga tayyor turishimiz lozim”, — dedi u vazirlar mahkamasi a’zolari bilan uchrashuvda.
Prezident bu masalalar o‘ta muhim ekanligiga ahamiyat qaratdi. “Biz xomashyo bozoridagi, fond bozorlaridagi vaziyatning har qanday rivojiga tayyor turishimiz, vaziyatni diqqat bilan kuzatishimiz va har qanday holatda Rossiya iqtisodiyotini rivojlantirishning ssenariysiga ega bo‘lishimiz lozim”, — dedi u.
Putinning so‘zlariga qaraganda, hukumat “yuqori darajadagi muvozanat va professionallik” bilan ishlamoqda.
Izoh (0)