AQSh o‘n nafar amerikalik dengizchi Eron suv hududini kesib o‘tganligi uchun hibsga olingandan so‘ng Erondan uzr so‘radi. Bu haqda Eron inqilobiy gvardiyasi Harbiy-havo kuchlari qo‘mondoni Ali Fadaviy bayonotiga tayanib, “Yevropeyskaya pravda” xabar beradi.
General hibsga olinganlarni professional bo‘lmagan harakatlarda aybladi.
Amerikalik harbiylar hibsga olingandan keyin AQSh davlat kotibi Jon Kerri Eron tashqi ishlar vaziri Javad Zarif bilan bog‘landi. General Fadaviyning muzokaralarga baho berishicha, “Zarif amerikalik harbiylarning Eron suv hududida bo‘lganligini qat’iy ta’kidlagan va AQSh uzr so‘rashi lozimligini ma’lum qilgan”.
“Bu ish amalga oshirildi va hibsga olinganlarni ozod qilish ko‘p vaqt talab etmaydi”, — deb qo‘shimcha qildi u.
Bundan avvalroq Eron harbiylari Tehron hududiy suvlari chegarasini kesib o‘tgan o‘n nafar amerikalik dengizchi ozod etilgani haqida e’lon qilgan edi.
Izoh (0)