Fotogalereya: Fotosuratchi jahon ayollarining go‘zalligini ko‘rsatib berdi
Ruminiyalik fotosuratchi Mixaela Norok bir necha yil avval o‘z ishini tashlab, yangi hayot boshladi — u dunyo bo‘ylab sayohatga chiqib, yuzlab ayollarni suratga tushirdi. Uning “Go‘zallik atlasi” deb atalgan va hozirgi vaqtda 37 mamlakatni qamrab olgan loyihasi shunday boshlandi, deya xabar bermoqda AdMe.
“Bugun ishonch bilan shuni ayta olamanki, atrofimiz go‘zallikka to‘la va u na pardoz-andozga va na liboslarning o‘lchamiga qarab qolgan. Go‘zallik — o‘zligingni topish demak”, — deydi Mixaela.
Izoh (0)