2016-yilda o‘z reytingini yangilagan birinchi boks tashkiloti Xalqaro boks federatsiyasi (IBF) bo‘ldi. Uning yangi reytingi 2015-yil dekabrdagidan bir muncha farq qiladi, deb xabar beradi “Segodnya.ua”.
Asosiy o‘zgarish reytingdan o‘ta og‘ir vazndagi bokschi Tayson Fyuri joy olmadi. U majburiy himoyadan bosh tortganligi uchun chempionlik kamaridan mahrum etildi.
Avval reytingda uchinchi o‘rinni egallagan Vladimir Klichko ham bu safar undan chetlatildi. Hozirda uchinchi o‘rinni uning bo‘lajak raqibi Vyacheslav Glazkov egalladi.
11-o‘rindan ikki yillik tanaffusdan so‘ng boksga qaytgan va uchta g‘oliblikni qo‘lga kiritgan finlyandiyalik Robert Xelenius joy oldi. Shuningdek, reytingga Aleksandr Ustinov ham kiritildi. U 2015-yilning ikkinchi yarmida uch marta g‘alaba qozonib, WBA International unvonini qo‘lga kiritdi.
Izoh (0)