KXDR rahbari Kim Chen In Koreya xalq armiyasining to‘qqizta yirik aralash qismlari artilleriyachilari o‘rtasida jangovar tayyorgarlik holati bo‘yicha ko‘rik-tanlov o‘tkazdi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
STAK agentligining ma’lum qilishicha, barcha mo‘ljaldagi nishonlar zabt etilib, armiyaning “provokatorlarga ayovsiz zarba berishga” tayyor ekanligini namoyish etdi.
Kim Chen In mashg‘ulotlarning natijalaridan mamnun bo‘ldi va artilleriyachilarni “yaxshi tayyorgarlik ko‘rgan snayperlar” deb atadi. Rag‘batlantirish tariqasida u ajralib turgan askarlarni medal va nishonlar bilan taqdirladi.
Oliy bosh qo‘mondon partiya, mamlakat va uning xalqini ishonchli himoya bilan ta’minlash uchun artilleriya bo‘linmalarida jangovar tayyorgarlikning yangi, zamonaviy urush shartlariga mos keluvchi usullarini joriy etish haqida topshiriq berdi.
Izoh (0)