Nepalda avtobusning yo‘l-transport hodisasiga uchrashi oqibatida kamida olti kishi halok bo‘lib, yana 16 kishi tan jarohati oldi. Bu haqda IANS agentligi bergan ma’lumotlarga asosan “TASS” xabar qilmoqda.
Mamlakatning Hindiston bilan chegaradosh bo‘lgan hududidagi Rupandexi okrugida yo‘lovchi tashuvchi avtobus yo‘ldan chiqib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi tezlikni oshirib, avtobusni boshqara olmay qolgan haydovchining aybi bilan sodir bo‘lgan.
Xalqaro Sog‘liqni-saqlash tashkilotining ta’kidlashicha, 2014-yilda Nepal yo‘llarida sodir bo‘lgan avariyalar oqibatida besh mingdan ziyod odam nobud bo‘lgan.
Izoh (0)