AQShda yuz bergan toshqin Missuri shtatiga eng ko‘p zarar yetkazib, bu hududda so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 13 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Missuri shtatida yuzlab odamlar o‘z uy-joyini tashlab ketishga majbur bo‘ldi.
Oldinroq, AQShning janubi-sharqidagi bir necha shtatlarida yuzaga kelgan tornado va suv toshqini qurbonlari soni 41 kishiga yetganligi ma’lum qilingan edi.
Toshqin xavfi e’lon qilingan hududlarda 18 milliondan ortiq odam qolmoqda.
[embed]https://youtu.be/X-WwOjRUVP8[/embed]
Rasmiylar tabiiy ofat yetkazgan zararga baho berishga tayyor emas. Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, hududdagi kuchli qor yog‘ini davom etadi.
Izoh (0)