Rossiyada Yangi Urengoy shahrining (Yamalo-Nenetskiy muxtor okrugi) 20 nafar aholisi, jumladan, 12 nafar bola cho‘chqa grippi bilan kasallandi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.
“Laboratoriya tadqiqotlari Yamalo-Nenetskiy muxtor okrugi aholisining 20 nafari, jumladan, 12 nafar bolaning cho‘chqa grippi bilan xastalanganligini tasdiqladi. Hozirgi paytda kattalarga javob berilgan, bolalar davolanishni davom ettirmoqda”, — deb ma’lum qildi shahar markaziy shifoxonasi matbuot xizmati.
O‘tgan hafta 14 kishi, jumladan, olti nafar bolaning cho‘chqa grippi bilan kasallanganligi qayd etilgan edi. Joriy yilda cho‘chqa grippi oqibatida halok bo‘lish holati ham qayd etildi. 18-noyabr kuni Yangi Urengoy shahridagi shifoxonaga murojaat qilgan erkakda cho‘chqa grippi aniqlanib, davo muolajasi tayinlanganligiga qaramasdan, u halok bo‘lgan.
Izoh (0)