Makkaning qush parvozi balandligidan olingan 12 hayratlanarli surati
Saudiya Arabistoni hududida joylashgan Makka shahri, xususan, u yerdagi Ka’batulloh butun dunyo musulmonlari uchun muqaddas qadamjo hisoblanadi. TravelAsk’ning yozishicha, shaharga har yili millionlab ziyoratchilar tashrif buyuradi.
Haddan tashqari gavjum joylarda, baxtga qarshi, ko‘ngilsiz hodisalar ham yuz berib turadi. Xususan, 2015-yil sentabrida Mino vodiysida yuzaga kelgan tiqilinch oqibatida, 2,1 ming kishi halok bo‘ldi.
Fojiadan so‘ng bu yerda fotosuratchi Ahmad Mas’ud tashrif buyurib, muqaddas shaharni havodan suratga oldi.
Tarixiy manbalarga ko‘ra, Muhammad (s.a.v) payg‘ambar boshchiligidagi musulmonlar Makkaga 630-yilda kelgan. Mahalliy aholi jangsiz taslim bo‘lgan va islom dinini qabul qilgan. Shundan beri u musulmonlarning diniy markaziga aylangan.
Foto: TravelAsk
Masjidul Haram — jahondagi eng katta masjiddir. Islom dinining muqaddas qadamjosi — Ka’ba aynan shu yerda joylashgan. 2015-yilning 11-sentabr kuni bu yerda qurilish krani ag‘darilishi oqibatida 107 kishi halok bo‘ldi.
Foto: TravelAsk
Surat 25-sentabr kuni olingan. Ka’ba atrofida ko‘plab ziyoratchilar to‘plangan.
Foto: TravelAsk
Ka’ba kub ko‘rinishida qurilgan bo‘lib, masjidning ichki hovlisida joylashgan.
Foto: TravelAsk
Ziyoratchilar istiqomat qiluvchi chodirlar shaharchasi.
Foto: TravelAsk
Bu yerda shaytonni anglatuvchi Ustunlar joylashgan.
Foto: TravelAsk
Ustunlarning yanada uzoqroq masofadan olingan surati. Bu suratda, shuningdek, Mino vodiysida joylashgan chodirlar shaharchasi ham aks etgan.
Foto: TravelAsk
Bu jahondagi eng katta chodirlar shaharchasidir.
Foto: TravelAsk
Minoda 100 mingta chodir o‘rnatilgan bo‘lib, unda 3 million nafargacha ziyoratchi istiqomat qiladi.
Foto: TravelAsk
Makkadagi muqaddas qadamjolar xavfsizlik xizmatlari tomonidan videokameralar vositasida kuzatib boriladi.
Foto: TravelAsk
Makkaning iqtisodiyoti Haj ziyoratidan tushadigan daromadga qat’iy bog‘langan.
Foto: TravelAsk
Masjidul Haram va shaharning umumiy manzarasi. Oldingi planda — Qirollik minorasi. Binoning balandligi 601 metr, metall shpili uzunligi esa 45 metrga yetadi.
Izoh (0)