Rossiyada akkreditatsiyadan mahrum bo‘lgan Gazeta Wyborcza nashrining jurnalisti Vatslav Radzivinovich Rossiya Tashqi ishlar vazirligi (TIV)dan uning mushugiga g‘amxo‘rik ko‘rsatishni iltimos qildi. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Rossiya TIV Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasida, o‘zining “jangari dugonasi”ni tashlab ketayotgan muxbirning so‘nggi iltimosini qanoatlantirishini ma’lum qildi.
Ko‘chib ketayotgan polshalik jurnalist tomonidan uni akkreditatsiyadan mahrum qilinishi mavzusida berilgan bir qator intervyulardan keyin Rossiya TIV mushuk masalasini ko‘tarib chiqqan.
Avvalroq, 18-dekabr, juma kuni Polshaning Gazeta Wyborcza nashri jurnalisti Vatslav Radzivinovich Rossiya TIVga taklif qilinib, u akkreditatsiyadan mahrum qilinganligi ma’lum qilingan edi.
Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova o‘zining Facebook’dagi shaxsiy sahifasida ma’lum qilishicha, rossiyalik muxbir Leonid Sviridov Polsha poytaxti Varshavadan chiqarib yuborilganligi uchun, Polshaga nisbatan shu tarzda munosib javob berilgan.
Izoh (0)