Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Asosiy Yaqin Sharq mamlakatlarining kamida ikkitasi Saudiya Arabistoni boshchiligidagi aksilterrorchilik koalitsiyasiga kirganidan bexabar qoldi, deya xabar bermoqda “Interfaks”.

Foto: “Interfaks”

Foto: “Interfaks”

Mamlakatlarining terrorchilar bilan kurashish islom koalitsiyasiga qo‘shilishi yuzasidan Livan va Pokiston hukumati o‘z hayratini bildirdi.

Xususan, Pokiston tashqi ishlar vaziri Ayzaz Choudri yangi koalitsiya va unga a’zolik haqida gazetalar orqali xabar topganini bildirdi. U, hatto, vaziyatni oydinlashtirish uchun Saudiya Arabistoni elchisiga qo‘ng‘iroq qilgan. Xabarlarga ko‘ra, Pokiston hukumati bilan koalitsiyaga kirish masalasi muhokama qilinmagan.

Livan tashqi ishlar vaziri ham koalitsiyaga kiritilgani yuzasidan hech qanday xabar olmagan. Muassasa bunday qadam ba’zi bir kuchlar Livan tashqi ishlar vazirligi funksiyasini o‘ziga olishga urinishini bildirishini aytib, buni izohlashni talab qildi.

Eslatib o‘tamiz, 15-dekabr kuni Saudiya Arabistoni o‘z aksilterrorchilik koalitsiyasini tuzgani, unga 34 ta mamlakat kirgani xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Samarqandda noqonuniy mayning ferma aniqlandi
Salomatlik
Yutinganda tomoq og‘rib, quloqqa tarqalsa, qanday yo‘l tutish kerak?
Sport
Murodjon Ahmadaliyev IBF kamari uchun himoya jangini o‘tkazadi