Tinch okeanidagi Vanuatu davlatining Eromanga orolidan 41,6 kilometr shimolda 5,7 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasining Sibir bo‘limi bergan ma’lumotlarga asosan “Interfaks” xabar qilmoqda.
19-dekabr, shanba kuni sodir bo‘lgan zilzila markazi 18,43 darajadagi janubiy kenglik va 169,47 darajadagi sharqiy uzunlik koordinatlari bo‘yicha qayd etilib, Vanuatu poytaxti Port-Viladan 143 kilometr uzoqlikda joylashgan.
Markazda bo‘lib o‘tgan silkinishlarning shiddatidan kelib chiqib, zilzila “halokatli” bo‘lganligi ma’lum qilinmoqda.
Izoh (0)