AQSh prezidenti Barak Obama, Kubada joylashgan Guantanamo bazasidagi terrorchilar uchun maxsus qurilgan qamoqdagi mahbuslar soni 2016-yilning boshiga kelib 100 nafar kishidan kam bo‘lishini aytmoqda. Bu haqda “TASS” xabar qilmoqda.
Oq uyda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida so‘zga chiqqan prezident yaqin orada bu qamoqxonani butunlay yopish haqidagi rejasini Kongressga taqdim qilishini ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, Iroq va Afg‘onistonda o‘tkazilgan aksilterror harbiy harakatlar natijasida qo‘lga olingan Guantanamo mahbuslarining ko‘pchiligi o‘z mamlakatlarining hukumatlariga topshiriladi.
Shuningdek, Obama AQSh xavfsizligiga hozirga qadar katta tahdid solib turgan mahbuslarning qolgani Amerika hududidagi boshqa maxsus rejimli qamoqxonalarga ko‘chirib o‘tkazilishini ma’lim qildi.
Izoh (0)