Janubiy Xitoy dengizi bo‘ylab muntazam missiyani amalga oshirayotgan Amerikaning B-52 bombardimonchi samolyoti tasodifan XXR tomonidan barpo etilgan sun’iy orollarning biridan ikki mil masofadan uchib o‘tdi. Bu haqda The Wall Street Journal ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.
Nashrning xabar berishicha, hozir Pentagon vakillari nima uchun o‘tgan hafta parvozni amalga oshirgan ikki bombardimonchi samolyotlaridan biri Nansha orollar guruhiga kiruvchi Kuarteron marjon qoyalari yaqinidan rejalashtirilgandan ko‘ra yaqinroqdan uchib o‘tganligi yuzasidan surishtiruv ishlari olib bormoqda. Bu hududda bir necha o‘n yildan buyon Pekin bir qator orollarning hududiy tegishlilik masalasi yuzasidan bir nechta davlatlar bilan tortishib kelmoqda.
Amerika Mudofaa boshqarmasi vakilining so‘zlariga qaraganda, uchuvchining yo‘nalishdan adashib ketishiga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin.
Izoh (0)