Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Gollivud aktyori Arnold Shvarsenegger o‘zining qahramoni bo‘lgan Konan-yovvoyi timsolida “Yulduzlar jangi” sagasidagi jedaylarning nurli qilichidan foydalanish mahorati aks ettirilgan videolavhani Facebook’dagi shahsiy sahifasida namoyish qildi.

Foto: Facebook

Foto: Facebook

Videoda “Konan-yovvoyi” filmidan bir parcha keltirilgan bo‘lib, undagi bosh qahramon Shvarsenegger qilich bilan turli-xil usullarni bajargan. Lekin, po‘lat qilich bu yerda nurli qilichga almashtirilgan. “Yulduzlar jangi” filmiga ko‘ra, “laytseyber” qilichi har qanday narsani kesib tashlay olsada, Konan-yovvoyining tanasiga tegib ketgan qurol hech qanday zarar yetkazmadi.

[embed]https://youtu.be/kUNY6HzTF1s[/embed]

Aktyorning o‘zi, videolavhani hazil bilan “Konan-yovvoyi rolining ‘Yulduzlar jangi’ filimini suratga olish jarayonida tekshirib ko‘rilishi” deb nomladi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
Sharq malikalari: dunyodagi eng chiroyli arab kelinlari (foto)
Mahalliy
Toshkentda Salor kanalining o‘zani toshgani sabab mahallalardan birini suv bosdi (foto)
Dunyo
Stoltenberg: “Shvetsiya NATOga kirish uchun Turkiyaning talablarini bajardi”