Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiyaliklar dunyo bo‘yicha eng ko‘p super yaxtalarga ega ekanligi aniqlandi. Bu haqda Boat International nashri ma’lumotiga tayanib, “RBK” xabar beradi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Nashrning ma’lumotlariga ko‘ra, egalari ma’lum bo‘lgan 101 ta kemadan 18 tasi rossiyaliklarga tegishlidir.

Ikkinchi o‘rindan 16 ta super yaxtaga ega amerikaliklar, uchinchi o‘rindan esa o‘nta super yaxta sohibiga ega Saudiya Arabistoni joy oldi. Shuningdek, Boat International nashri ma’lumotiga ko‘ra, Gretsiya (6), Ukraina (3), Hindiston (3), Dubay (5), Abu-Dabi (4), Qatar (4) va Ummon (2) fuqarolari bittadan ortiq super yaxtaga ega.

Nashr muharriri Styuart Kempbellning ma’lum qilishicha, 2015-yilda 55 ta super yaxta qurilgan bo‘lib, bu o‘tgan yilgidan 17 foizga ortiqdir.

Kempbellning so‘zlariga qaraganda, 2016-yilda har qachongidan ham yirik super yaxta Project Omar’ning suvga tushirilishi kutilmoqda. The Times’ning ta’kidlashicha, ushbu yaxta milliarder Alisher Usmonovning buyurtmasi asosida barpo etilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Biznes
Markaziy Osiyoda Rossiyaning ko‘chmas mulk bozoriga qiziqish ortib bormoqda