Skyscanner xizmati qishi xuddi ertaklarga o‘xshaydigan jahonning 17 nuqtasi ro‘yxatini tuzdi. Qish manzaralarini tomosha qilib, sayohatlar uchun ilhom oling!
Amsterdam, Gollandiya
Amsterdam kanallari yilning istalgan faslida ajoyib ko‘rinadi. Biroq qishda — uylarning tomi va sollarning usti, sohil bo‘yidagi daraxt va fonarlar uyum-uyum qor ostida turganida yanada maftunkorroq manzaraga guvohi bo‘lasiz.Bled, Sloveniya
Sloveniyaning eng yodda qolarli manzarasi aynan shu — Bled ko‘li o‘rtasidagi Bibi Maryam me’roji cherkovi qad rostlagan orolcha. Uning qishki manzarasi kompyuteringiz ish stolida turishdan boshqasiga arzimaydi.Versua, Shveysariya
Shamol, suv va ayoz Jeneva ko‘li sohillarini bir kechada Qor malikasining saltanatiga aylantirishga qodir.Nyu-York, AQSh
Ustiga qorli choyshab “tortgan” Manxettendagi Markaziy xiyobon qishda Nyu-Yorkning eng go‘zal maskanlaridan biriga aylanadi.Plitvitske ko‘llari, Xorvatiya
Qishda Xorvatiya sayyohlardan qutuladi. Aynan shu vaqtda Plitvitske ko‘llariga tashrif buyurib, qor bosgan so‘qmoqlar bo‘ylab vaqt o‘tkazish, bus-butunligicha muzlab qolgan sharsharalarni tomosha qilish va tanholikda tabiat go‘zalligidan bahra olish mumkin.Tallin, Estoniya
Qor Tallinning kichkinagina eski shaharchasiga yanada ko‘proq maftunkorlik baxsh etadi — qishda bu yerda soatlab sayr qilib, ibodatxona va do‘konchalarni tomosha qilish, shinamgina qahvaxonalarda isinib olish mumkin.Tbilisi, Gruziya
Qor Tbilisi ahlining joniga tegib ketgan, deb bo‘lmaydi — bu yerda ikki kun qor tursa haqiqiy bayram, deb hisoblayver. Shu sababli ham, shahar markazidagi Rustaveli shohko‘chasida yosh boladek qorbo‘ron o‘ynayotgan amakilarni ko‘rib qolsangiz, hayron qolmang.Trakay, Litva
Trakay — Galve ko‘li o‘rtasidagi mo‘jaz shaharcha. Shaharchaga eng yaqin orolchada O‘rta asrlarga oid yirik qasr qad rostlagan bo‘lib, ko‘l obdon muzlaganidan so‘ng, yanvar—mart oylarida bu yerda xalq uchun yaxmalak tashkil etiladi.Sirakava-go, Yaponiya
Tog‘lar orasida qolib ketgan Sirakava-go qishlog‘i uzoq vaqt davomida sivilizatsiyadan uzilib qolgan va o‘zining dastlabki ko‘rinishini hozirgi kunga qadar saqlagan. U YuNESKO tomonidan Jahon merosi obyekti deb topilgan va so‘nggi yillarda Yaponiya turizmining haqiqiy yulduziga aylandi. Sayyohlar bundan bir necha asrlar avval yaponlar qanday yashaganini ko‘rish uchun ham bu yerga oqib kelmoqda.Myunxen, Germaniya
Myunxen qishda vaqtichog‘lik uchun ayni mos shaharga aylanadi — shahar markazida ochiq osmon ostida yaxmalak tashkil etiladi, shov-shuvli Oktoberfest o‘rnini Tollwood festivali egallaydi, Xofbroyxaus qovoqxonasi dam olish kunisiz ishlaydi, bir emas, ikki emas, yigirmadan ortiq Yangi yil yarmarkalari tashkil etiladi.Stokgolm, Shvetsiya
Yangi yil bayrami arafasida Shvetsiya poytaxti haqiqiy ertaklar shahriga aylanadi. Qor bosgan sohilbo‘yi ko‘chalarini piyoda kezarkansiz, shu yerdagi tomlarning birida haqiqatan ham Karslon, ha, xuddi o‘sha Karlson yashayapti, deb osongina tasavvur qilasiz.Xarbin, Xitoy
Xitoyda har yili yanvar-fevral oylarida Xalqaro muz haykallar festivali uyushtiriladi. Xarbin shahrida minglab ishchilar muz va qordan ulkan ertaklar shaharchasini quradi.Zaltsburg, Avstriya
Zaltsburgdan Avstriyaning ko‘plab tog‘-chang‘i kurortlariga bir qadamlik yo‘l — faol hordiq istagidalar uchun eng munosib joy.Cheski-Krumlov, Chexiya
O‘rta asr uylari, qasrlari va cherkovlariga to‘lib toshgan Krumlov, Chexiya poytaxti Pragadan farqli o‘laroq, tinch va shinam — bu yerga bir-ikki kunga mehmonga kelib, katta shahar shovqinlaridan dam olish mumkin.Ili, Kembrijshir, Buyuk Britaniya
Britaniyada qor — kamyob hodisa. Atigi 5 santimetr qalinlikdagi qor ham mamlakat hayotini izdan chiqarishga qodir. Biroq havo namligining yuqoriligi sabab, ayozli kunlarda ba’zan daraxtlar muz va qirovning yupqa qatlami bilan qoplanib, har bir bog‘ va xiyobonni ertaknamo maskanga aylantirib qo‘yadi.Alba, Pyemont, Italiya
Alba yaqinidagi Pyemont qishloqlari qishda, “sayyohlar bosqini”dan hordiq chiqarayotgan bir vaqtda, yanada jozibali ko‘rinish oladi.Shahar tashqarisidagi dala-hovli, Rossiya
Rus kishisi ertaknamo qishni tomosha qilish uchun ko‘p ham uzoqqa borishi shart emas — bir-ikki kunga Rossiya qishloqlariga chiqib kelsa bas, haqiqiy ertakning ichiga tushadi-qoladi.
Izoh (0)