Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Toshkentda To‘qimachilik texnoparkini yaratish bo‘yicha loyihaning dastlabki qiymati 15 million dollarga baholanmoqda. Bu haqda “O‘zbekyengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 16-dekabr kuni tashkil qilingan, Koreya Respublikasi delegatsiyasi ishtirokidagi ushbu loyihani amalga oshirish bo‘yicha seminar chog‘ida aytib o‘tildi, deb yozadi “12news.uz”.

Foto: “Sputniknews-uz.com”

Foto: “Sputniknews-uz.com”

Koreya to‘qimachilik texnologiyalari instituti direktori Park Yong Xvan ta’kidlashicha, prognoz qilinayotgan 15 million dollarlik mablag‘ hisobidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish, texnologik uskunalarni sotib olish va o‘rnatish, xodimlarni Texnoparkdan foydalanish bo‘yicha o‘qitish rejalashtirilmoqda.

Hozircha Koreya tomonidan umumiy maydoni 10 ming kvadrat metrga teng yuqori texnologiyali 3 va 5 qavatli ma’muriy binolar, shuningdek, quyosh batareyalari bilan ta’minlangan alohida 2 qavatli binoning eskiz rejasi ishlab chiqilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Navoiydagi ko‘p qavatli uylarda lift muammosi: aholi lift ishlamayapti desa, mas’ullar uning to‘xtatilishiga lift ichidagi o‘g‘rilik, fohishabozlik sabab demoqda
Mahalliy
“Daryo” kundaligida 26-sentabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
“Toshkent hokimligi barcha OAV vakillari bilan ishlashga tayyor va hozirjavob bo‘ladi”. Zoir Mirzayevning matbuot kotibi jurnalistlar bilan muloqot qildi