Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Qamchiq dovonida 18—20-dekabr kunlari vaqti-vaqti bilan kuchli qor yog‘ishi mumkin. Bu haqda, “O‘zgidromet” ma’lumotlariga asoslanib, O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantirmoqda.

Foto: FVV

Foto: FVV

“A-373 “Toshkent — O‘sh” avtomobil yo‘lining Qamchiq dovonidan o‘tgan qismida 18-dekabrga o‘tar kechasi, shuningdek, 18—20-dekabr kunlari qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchayishi kutilmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Qayd etilgan kunlarda Qamchiq dovonida havo harorati -10 darajagacha pasayishi, shamolning tezligi soniyasiga 20 metrgacha kuchayishi, tuman tushishi, noqulay ob-havo sharoiti sabab ko‘rish uzoqligi 50—100 metrgacha qisqarishi kutilmoqda.

Avvalroq, 18—20-dekabr kunlari butun O‘zbekiston bo‘ylab qor yog‘ishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kino
Vaqtingizga achinmaysiz: So‘nggi o‘n yillikning eng yaxshi multfilmlari (video)
Dunyo
Putin va harbiylar o‘rtasidagi yopiq uchrashuvdan so‘ng, Rossiya davlat matbuotiga urushdagi muvaffaqiyatsizliklar haqida yozishga ruxsat berildi
Dunyo
“Tinchlik mukofotini bir mamlakatga hujum qilgan ikki davlat vakillari oldi” — Zelenskiy ofisi Nobel qo‘mitasini tanqid qildi