Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Turkiyaning janubi-sharqida joylashgan Xakkari viloyatidagi shifoxona shifokorlarining iltimosiga binoan noma’lum o‘g‘rilar kompyuterlarni qaytarib berdi. Bu haqda CNN Turk bergan ma’lumotlarga asosan “RIA Novosti” xabar qilmoqda.

Foto: Fotolia

Foto: Fotolia

Noma’lum shaxslar tomonidan bir necha kun oldin Yuksekova shahar shifoxonasidan uchta kompyuter o‘g‘irlab ketildi. Bemorlarga tegishli bo‘lgan barcha ma’lumot va kasallik tarixlari, shuningdek, barcha tibbiy hujjatlar o‘g‘irlangan kompyuterlarda bo‘lganligi sababli, tibbiyot xodimlari aholiga tibbiy yordam bermay qo‘ydi. Shifokorlar mahalliy OAV va Oilaviy tibbiyot markazi orqali o‘g‘rilarga murojaat qilib, kompyuterlar qaytarilishi lozimligini, aks holda, tibbiy yordamdan mahrum bo‘lgan odamlar, shu jumladan bolalar aziyat chekayotganligini ma’lum qildi.

O‘g‘rilar shifokorlarni eshitdi. 16-dekabr, chorshanba kuni kompyuterlar shifoxonadan 500 metr uzoqlikda bo‘lgan eski-tuski narsalar bilan savdo qiladigan do‘konga tashlab ketildi.

Shifoxona ishini tikladi. Politsiya sodir bo‘lgan voqea yuzasidan surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Shou-biznes
“U nafaqat guruhdan, balki san’atdan ham ketdi”. “VIA Marokand” xonandasi Asal Zokirova guruhni tark etdi (video)
Mahalliy
Toshkentda sportchi erkak xotini va bolasini ayovsiz kaltaklagani aytildi
Iqtisodiyot
Navoiyda o‘sish, Toshkentda qisqarish: hududlarda tovarlar eksporti hajmi qanday bo‘lmoqda?