Turkiyaning Anqara shahrida tennis bo‘yicha sovrin jamg‘armasi 50 ming AQSh dollaridan iborat bo‘lgan turnirning asosiy to‘r bahslari davom etmoqda. Ushbu musobaqada o‘zbekistonlik tennischi Oqgul Omonmurodova ham ishtirok etayapti, deb xabar beradi “Olamsport”.
Tajribali tennischi musobaqaning yakkalik bahslari ilk davrasida turnirning sakkizinchi raketkasi gollandiyalik Lesley Kerxovega 6:3, 4:6, 6:7(4) hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ygan edi.
Shunga qaramay, Omonmurodova juftliklar bahsidagi ishtirokini g‘alaba bilan boshladi. Ruminiyalik Aleksandra Kadentu bilan juftlik hosil qigan o‘zbekistonlik sportchi slovakiyalik Dalila Yakupovich hamda britaniyalik Tara Mur tandemini 6:3, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Endi Oqgul va Aleksandra yarim final chiptasi uchun turnirning ikkinchi raqamli juftligi – ispaniyalik Mariya Xose Martines Sanches va rossiyalik Marina Melnikovaga qarshi kortga chiqadi.
Izoh (0)