AQShning Kaliforniya shtatidagi Kosta-Mesa shahrida, hukumat 120 ming dollarga xarid qilgan bayram archasi yonib ketdi. Bu haqda “Segodnya.ua” xabar qilmoqda.
Taxminan 30 metr bo‘yga va 10 tonna og‘irikka ega bo‘lgan daraxt bezatilgan holda yirik mehmonxona oldidagi bog‘ning ichiga o‘rnatilgan edi. Olov bir zumda archani qurshab olib, u 40 daqiqaga yetmasdan kuyib bitdi. Yong‘indan sodir bo‘lgan qora tutunning quyuni hodisa sodir bo‘lgan joydan bir necha kilometr uzoqlikdan ko‘rindi.
O‘t o‘chiruvchilar archani, aniqrog‘i, undan qolgan xodani o‘chirishga muvaffaq bo‘ldi.
Archa 13-oktabrda o‘rnatilgan bo‘lib, bir oy davomida bezatilgan edi. Yong‘in tasodif tufayli sodir bo‘lganmi, yoki qasddan o‘t qo‘yilganmi noma’lum. Politsiya hodisa sabablarini o‘rganmoqda.
Izoh (0)