Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Lola Yo‘ldosheva xonanda Rayhonning konsertida kiyib chiqqan qizil libosi bu qadar katta shov-shuvlarga sabab bo‘lishini kutmaganini tan oldi. Bu haqda u RedPen nashriga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Foto: RedPen

Foto: RedPen

“To‘g‘risi, kutmagandim. Omma ikki lagerga bo‘linib qoldi. Hozir meni litsenziyadan mahrum qilgan tuzilmani faol qo‘llab-quvvatlayotganlar bor. Kimlarningdir yashashiga xalal berayotganimni tasavvur ham qilmagandim. Lekin meni qo‘llab-quvvatlayotganlar ham bor”, — dedi xonanda.

Lola bunday libosni sahnaga kiyib chiqish ma’lum darajada jasorat ekanligini bilgan, lekin keyingi voqealarning barchasi unga juda g‘alati ko‘rinayotganini qayd etib o‘tdi.

“Yopiq libos kiyib ham, qandaydir noto‘g‘ri ishlar qilish mumkin. Belni ochiq qoldirib ham vijdonli va pokiza inson bo‘lib qolish mumkin. Oshirib yuborgandirman? Balki, lekin bu sahna ko‘rinishimning bir qismi, xolos. Oxir-oqibat, men rasmiy uchrashuvlarga, bolalar tadbirlariga bunday libosda bormayman”, — dedi Lola.

Ma’lumot uchun, xonanda Rayhonning 2015-yil fevralida bo‘lib o‘tgan konsertida xonanda Lola tomonidan kiyib chiqilgan libos shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. Mart oyida Lola Yo‘ldosheva “O‘zbeknavo” estrada birlashmasiga “milliy mentalitetga zid” liboslarni boshqa kiymaslikka va’da bergani ma’lum bo‘ldi. Iyul oyida “O‘zbeknavo” xonandaning litsenziyasini tugatganini e’lon qildi va izoh berdi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonning turli hududlarida elektr ta’minotida cheklovlar kiritiladi
Dunyo
“Daryo” kundaligida 5-dekabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Madaniyat
“Ikki o‘g‘lim AQShda tahsil oladi, ularning san’at yo‘lidan ketishini istamadim”. Anvar Sanayev farzandlari haqida (video)