Frankfurtdan Belgradga parvoz qilayotgan Lufthansa bortidagi yo‘lovchi 6-dekabr, yakshanba kuni samolyot eshigini ochishga uringanligi uchun qo‘lga olindi. Bu haqda “Interfaks” xabar beradi.
Yo‘lovchi o‘zining muvaffaqiyatsiz urinishlaridan so‘ng, uchuvchilar kabinasi eshigini buza boshlagan. Biroq u boshqa yo‘lovchilar, jumladan, gandbol bo‘yicha Serbiya terma jamoasi o‘yinchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Lufthansa matbuot kotibi Andreas Bartelsning ma’lum qilishicha, samolyot Belgradda muvaffaqiyatli qo‘ngan, to‘polonchi esa mahalliy hukumatga topshirilgan.
Blic gazetasining xabar qilishicha, qoidabuzar Amerika pasportiga ega iordaniyalik bo‘lgan. Serbiya prokurori jamoat xavfsizligiga tahdid qilish moddasi bo‘yicha aybdorni 48 soat davomida ushlab turish haqida farmoyish berdi.
Izoh (0)