Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Xitoyning Shenchjen shahrida 33 yoshli poygachi halok bo‘ldi, deya xabar bermoqda “Sinxua” agentligi. Hodisa 5-dekabr, shanba kuni 21 kilometr va 80 metr masofaga yugurish chog‘ida sodir bo‘lgan.

Foto: “Sinxua”

Foto: “Sinxua”

Yao familiyali poygachi finishga 400 metr qolganida hushidan ketgan. Musobaqada navbatchilik qilayotgan tez yordam brigadasi erkakni kasalxonaga yetkazgan, biroq uni qutqarib qolish iloji bo‘lmadi. Klinikada shifokorlar uning o‘limini qayd etdi. O‘lim sababiga aniqlik kiritilmadi.

Poygachi yarim marafonda birinchi marta ishtirok etishi emas. U noyabr oyida bunday masofani 2 soat-u 10 daqiqada bosib o‘tgan edi. Bu safar uning musobaqadagi ko‘rsatkichi 2 soat-u 30 daqiqani tashkil etgan bo‘lardi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Rossiyada sodir bo‘lgan YTHda bir nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi, yana to‘rt kishi jarohat oldi
Dunyo
Tojikistonda muzliklar erishi tezlashdi. Bu muzliklar deyarli butun Markaziy Osiyoni chuchuk suv bilan ta’minlaydi
Dunyo
Zelenskiy Putinning hibsga olinishiga berilgan orderni “burilish nuqtasi” deb atadi