Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Samarqand viloyati Oqdaryo tuman yer resurslari va davlat kadastri bo‘limi sobiq boshlig‘i xususiy tadbirkordan pora talab qilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Huquq” gazetasi 3-dekabr sonida axborot berilgan.

Foto: AP

Foto: AP

Xususiy tadbirkor intensiv bog‘ yaratib, tadbirkorlikni kengaytirish uchun 3,5 gektar yer maydonini ajratib berishni so‘ragan. Bo‘lim boshlig‘i esa buning evaziga 3 ming dollar miqdorida pul talab qilgan.

“Bo‘lim boshlig‘i talab qilingan pulni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan”, — deyiladi gazeta xabarida.

Ushbu bo‘lim boshlig‘i 35 nafar tadbirkorning murojaatlarini ko‘rib chiqmasdan yo‘qotib yuborgani fosh etilgani haqida avvalroq xabar berilgan edi.

Xabar berishlaricha, mazkur holat bo‘yicha qonunbuzarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan qonuniy jazo belgilangan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Messining “Barselona”ga qaytish ehtimoli bor. Xavi va Leo doimiy aloqada bo‘lib turibdi 
Mahalliy
Farg‘onada Qirg‘izistondan keltirilgan psixotrop moddalar savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi
Mahalliy
Qashqadaryo viloyatida qurilgan namunali uylar qulab tushish arafasida ekani aytilmoqda (video)