O‘zbekistonda 2016-yil Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilindi

“O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 5-dekabr, shanba kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilingan kunning 23 yilligiga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda O‘zMTRKning “O‘zbekiston” telekanali “Axborot” informatsion dasturi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Unda davlat va jamoat arboblari, fan, madaniyat va san’at namoyandalari, poytaxt jamoatchiligi, O‘zbekistonda faoliyat ko‘rsatayotgan xorijiy davlatlarning elchixonalari va xalqaro tashkilotlar vakolatxonalari vakillari ishtirok etdi.

O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov tantanali yig‘ilishda ma’ruza qildi. Prezident kirib kelayotgan yangi — 2016-yilni O‘zbekistonda Sog‘lom ona va bola yili deb e’lon qilishni taklif etdi.

O‘zbekiston Prezidentining bu taklifi yig‘ilganlar tomonidan gulduros qarsaklar bilan qo‘llab-quvvatlandi.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 1997-yildan boshlab har bir yilga shu davr ichida taraqqiyotning muhim yo‘nalishlarini ifoda etadigan nom berish an’anaga aylangan. 1997—2015-yillar oralig‘ida yillarga quyidagicha nom berilgan:

  • 2015-yil — Keksalarni e’zozlash yili
  • 2014-yil — Sog‘lom bola yili
  • 2013-yil — Obod turmush yili
  • 2012-yil — Mustahkam oila yili
  • 2011-yil — Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili
  • 2010-yil — Barkamol avlod yili
  • 2009-yil — Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
  • 2008-yil — Yoshlar yili
  • 2007-yil — Ijtimoiy himoya yili
  • 2006-yil — Homiylar va shifokorlar yili
  • 2005-yil — Sihat-salomatlik yili
  • 2004-yil — Mehr va muruvvat yili
  • 2003-yil — Obod mahalla yili
  • 2002-yil — Qariyalarni qadrlash yili
  • 2001-yil — Onalar va bolalar yili
  • 2000-yil — Sog‘lom avlod yili
  • 1999-yil — Ayollar yili
  • 1998-yil — Oila yili
  • 1997-yil — Inson manfaatlari yili

↓ KEYINGI XABAR ↓
Boshiga chiqing