2015-yil 1-dekabr kuni Saudiya Arabistonining “al-Hidoya” xalqaro shirkati rahbari Solih Salim Bohviniy O‘zbekiston musulmonlari idorasiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati xabar beradi.
Tashrif davomida “Umra-2016” mavsumida o‘zbekistonlik ziyoratchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha “al-Hidoya” shirkati bilan diniy idora o‘rtasida imzolanadigan shartnoma bandlari va kelgusi umra mavsumini muvaffaqiyatli o‘tkazish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar muhokama etildi.
Shuningdek, “Umra-2016” mavsumi shartnomasiga kiritiladigan yangi takliflar, mehmonxonalar xizmatini takomillashtirish, oziq-ovqatlar sifatini yanada oshirish va boshqa shu kabi bandlar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi. Tomonlar shartnomani ikkinchi uchrashuvda imzolashga kelishib oldi.
Izoh (0)